Yangiliklar

img
Thu, 03/28/2024 - 10:15

Qiyosiy adabiyotshunoslikning ayrim muammolari haqida

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi mudiri filologiya fanlari doktori, professor Uzoq Jo‘raqulov Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida 2024-yil 27-mart kuni tashkil etilgan ilmiy-nazariy seminarga “Qiyosiy adabiyotshunoslikning ayrim muammolari haqida” mavzusida ma’ruza qildi. Seminarda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Jahon adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistr va talabalar ishtirok etdi. Seminar jarayonida qiyosiy adabiyotshunoslik sohasida yechimini kutib turgan ayrim muammolar muhokama qilindi. Davra suhbati ko‘rinishida bo‘lib o‘tgan mazkur ilmiy-nazariy seminar ishtirokchilari uchun ko'plab yangi ma'lumotlar taqdim etildi. Seminar qiziqarli savol-javoblar, taklif va mulohazalarga boy bo‘ldi.