Yangiliklar

img
Tue, 01/24/2023 - 17:42

Qish mavsumini xavfsiz o‘tkazaylik

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti Yoshlar masalalari va ma'naviy- marifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori B.Xoliqov, Komplayens nazorat boʻlimi boshligʻi A. Nasriddinov, universitet Yoshlar ittifoqi yetakchisi O.Olimjanov, barcha fakulteti dekan o'rinbosarlari va fakultet tyutorlari ijarada hamda talabalar turar joyida yashayotgan talabalarning yashash sharoitini o'rganishdi. O'rganish jarayonida talabalar bilan suhbat o'tkazildi. Suhbat davomida xonalardagi issiqlik va tozalik holati, oshxonada elektr moslamalari bilan ishlash qoidalariga rioya qilinayotganligi o'rganildi. Ijara uylarda istiqomat qilayotgan talabalarning elektr-gaz plitalari hamda isitish moslamalaridan xavfsiz holatda foydalanilayotganini ko'zdan kechirishdi. Ijara uylarining sharoitlari va muhitlari bilan yaqindan tanishib chiqishdi. Bundan tashqari boshlangan haftada yakuniy nazoratlarga o'z vaqtida qatnashish alohida ta'kidlandi. Talabalar tomonidan bildirilgan fikrlar tinglanib, mavjud muammoli vaziyatlar hal etildi.