Qirgʻiz olimlari tomonidan mahorat darslari tashkil etildi
2025-yil 14-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi huzuridagi A.S. Pushkin nomidagi rus tili va madaniyati markazida hamda Xorijiy tillar kafedrasi huzuridagi Chingiz Aytmatov nomidagi qirg‘iz tili va madaniyati markazida xalqaro mahorat darslari tashkil etildi.
Tadbirda Qirg‘iziston xalqaro universiteti doktoranti va katta o‘qituvchisi Mirzakmatova Minaim l “Madaniyatdagi globallashuvga tahlil (Ch. Aytmatovning maqola va intervyulari asosida)” mavzusida mahorat darsi o‘tkazdi. Shuningdek, ushbu universitetning 4-bosqich aspiranti, Xalqaro oliy tibbiyot maktabining til siyosati bo‘limi boshlig‘i Zayirqulova Rima “‘Manas’ va ‘Mahabharata’ eposlaridagi g‘oyalarni qiyoslash orqali tarbiyaviy imkoniyatlar” mavzusida mahorat darsi bilan ishtirok etdi.
Uchrashuvda universitet rahbariyati, Tarjima nazariyasi va amaliyoti hamda Xorijiy tillar kafedralari professor-o‘qituvchilari, shuningdek “Tarjima nazariyasi va amaliyoti: rus va ingliz tili yo‘nalishi” talabalari qatnashdilar.

Mahorat darslari davomida Chingiz Aytmatov ijodi, tilshunoslik va tarjimashunoslikning dolzarb yo‘nalishlari, til o‘qitish metodikasi masalalari keng muhokama qilindi. Savol-javob jarayonida ilmiy hamkorlik istiqbollari va kelgusidagi qo‘shma tadqiqotlar yuzasidan fikr almashildi.

Bunday xalqaro tadbirlar tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarjimashunoslik va til o‘qitish metodikasi sohalarida yangi ilmiy izlanishlar uchun mustahkam zamin yaratadi.

