Yangiliklar

img
Wed, 03/13/2024 - 13:24

“Qilich va qalam” romani taqdimoti bo'lib o'tdi

Joriy yilning 13-mart kuni Alisher navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi hamda Muhammad Fuzuliy nomidagi ilmiy tadqiqot markazi bilan hamkorlikda Muhammad Said Urdubodiyning  “Qilich va qalam” romani 
taqdimoti bo'lib o'tdi. 
Atoqli ozarbayjon yozuvchisi Muhammad Said Urdubodiyning ikki qismdan iborat «Qilich va qalam» romanida Ozarbayjon xalqining ulug‘ farzandi, Sharq adabiyotida «Xamsa»chilikka asos solgan genial shoir Nizomiy Ganjaviy (1141–1203) yashagan murakkab ijtimoiy-tarixiy davr yorqin badiiy obrazlar orqali aks ettiriladi. Yuksak san’akorona mahorat bilan bitilgan mazkur romanda ulug‘ shoir Nizomiy Ganjaviy va uning do‘sti sarkarda Faxriddinning hayot yo‘li orqali notinch g‘alayonli zamon kartinasi chizib beriladi. Romanning «Qilich va qalam» deb atalishida ana shu ikki kurashchining samimiy do‘stligi, o‘zaro hamkorligi va hamjihatligiga ishora qilinadi. Dramatik syujetga asoslangan mazkur asar maroq bilan mutolaa qilinadi. Mazkur asarni o'zbek tiliga Nazira Alieva, Muhsin Hamidov va Rustam Komilovlar tarjima qilgan, nashrga tayyorlovchi va so'zboshi muallifi ToshDO'TAU professori Abdulla Ulug'ovdir.

 

Bugungi taqdimot marosimida O‘zbekistondagi   Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon  Madaniyat  Markazi  direktori Samir Abbasov, atoqli adabiyotshunos olimlar, yosh tadqiqotchilar va talaba yoshlar ishtirok etdi.