Qarşi davlat universitetida ta’lim va ilm-fan sohasidagi imkoniyatlar bilan tanişildi
Uzoq yillar davomida jamiyatimizda sifatli ta’lim, zamonaviy infratuzilma va keng xalqaro imkoniyatlar haqida gap ketganda, köpçilikning tasavvurida, avvalo, poytaxt universitetlari gavdalanardi. Bugun esa bu qaraşlar özgardi. Mamlakatimizda olib borilayotgan tizimli islohotlar natijasida hududlardagi universitetlarning ham ta’lim, ilm-fan, xalqaro hamkorlik va innovatsiyalar borasidagi imkoniyatlari sezilarli darajada kengaydi. Eng muhimi, har bir hududda zamonaviy bilim va ilmiy muhitni şakllantiriş uçun zarur şaroitlar yaratildi.
Davlatimiz rahbarining topşiriğiga muvofiq, 3-noyabr kuni respublikamizdagi bir qator davlat oliy ta’lim muassasalari rektorlari Qarşi davlat universitetiga taşrif buyurdi. Ular orasida Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik Şuhrat Sirojiddinov ham bor edi. Taşrifda universitetning boş hisobçisi J. Aminov va Talabalar amaliyoti bölimi boşliği Ş. Xalilov ham iştirok etdi.
Taşrif davomida mehmonlar universitet hududidagi 1,5 MVt quvvatga ega Geliopoligon, 1000 örinli yangi Tillar fakulteti binosi, 1400 örinli sport majmuasi va 400 örinli Anjumanlar saroyida yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi. Quyoş elektr stansiyasining universitet ehtiyojini 100 foiz energiya bilan ta’minlaşi hamda yiliga 1,1 milliard söm iqtisodiy samara keltirişi alohida e’tirof etildi.
Şuningdek, Talabalarga xizmat körsatiş markazidagi “Yagona darça” tizimi, Xalqaro laboratoriyalar markazining yettita zamonaviy laboratoriyasi va sinxron tarjima laboratoriyasi faoliyati közdan keçirildi. Biologik faol moddalar kimyosi, mikrobiotexnologiya, mikro va nanoelektronika, tuproqşunoslik, fiziologiya, yaşil energetika hamda sun’iy intellekt yönalişlaridagi laboratoriyalar ilmiy izlanişlar va amaliy tadqiqotlar uçun yaratilgan imkoniyatlarni namoyon etdi.
Qarşi davlat universitetining Erasmus+ loyihalari ofisi faoliyati yuzasidan ham fikr almaşildi. Xalqaro grantlarni qölga kiritiş, xorijiy hamkorlikni kengaytiriş va yangi loyihalarni amalga oşiriş borasidagi tajribalar muhokama qilindi. Erasmus+ dasturi doirasida faol loyihalarni amalga oşirib kelayotgan ToshDO‘TAU bilan hamkorlikdagi yangi taşabbuslar va tajriba almaşiş imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Tillar fakultetining Özbek filologiyasi ta’lim yönalişi professor-öqituvçilari bilan uçraşuvda öquv dasturlarini takomillaştiriş, maktablar bilan pedagogik amaliyot böyiça hamkorlikni rivojlantiriş, qöşma ilmiy-ta’limiy loyihalarni amalga oşiriş, talabalar va professor-öqituvçilar almaşinuvini yölga qöyiş masalalari muhokama qilindi. Mazkur yönalişlarda hamkorlikni rivojlantirişga kelişib olindi.
Taşrifning yakuniy qismida Yoşlar markazida seminar taşkil etildi. Unda Qarşi davlat universiteti rektori Dilmurod Nabiyev sönggi yillarda amalga oşirilgan islohotlar, erişilgan natijalar va istiqboldagi ustuvor vazifalar haqida ma’lumot berdi. Şuningdek, 240 örinli maktabgaça ta’lim muassasasi faoliyati bilan tanişildi. Uşbu maskanning dual ta’lim bazasi sifatida ham xizmat qilişi bölajak mutaxassislarning amaliy tayyorgarligi uçun muhim ahamiyatga ega.
Qarşi davlat universitetida yaratilgan şaroitlar va amalga oşirilayotgan işlar hududlarda ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantiriş uçun keng imkoniyatlar mavjudligini yana bir bor namoyon etdi. Bunday taşriflar universitetlar örtasida hamkorlikni mustahkamlaş, ilğor tajribalarni ommalaştiriş va yangi taşabbuslarni amalga oşirişga xizmat qiladi.

