Yangiliklar

img
Wed, 11/23/2022 - 12:46

Qardosh xalqlarning ilmiy sohadagi hamkorligi

2022-yil 22-23-noyabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek adabiyoti tarixi kafedrasi dotsenti Akramjon Dehqonov hamda Folklorshunoslik va dialektologiya kafedrasi dotsenti Mardon Rahmatov Qozog‘iston Respublikasi Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti Filologiya fakulteti Turk filologiyasi kafedrasida seminar mashg‘ulotlarini tashkil qilishdi.


Seminarda Turkologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari, magistrlari va talabalari ishtirok etishdi. Dotsent A.Dehqonov “Mahmud Koshg‘ariyning “Devoni lug‘otit turk” asari umumturkiy yozma yodgorligi sifatida”, “Devoni lug‘otit turk” asarida adabiy parchalar, maqol va matallar”, dotsent M.Rahmatov esa “Klassik matnlarda grammatik vositalarning o‘rni: sintaksis va semantika”, “Mumtoz yozma asarlarda forsiy grammatik vositalarning o‘rni” mazusida maʼruza qilishdi. Seminar mashg‘ulotlari fakultet professor-o‘qituvchilari, magistrlari va talabalari tomonidan iliq kutib olindi. A.Dehqonov va M.Rahmatovlar ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.