Yangiliklar

img
Fri, 01/13/2023 - 17:01

Qahraton qahramonlari

Yurtimizda hukm surayotgan anomal sovuq sharoitida odamlarning piyoda harakatlanishi ham qiyinlashgan.  Sirpanchiq va yaxmalak yo‘llarda oyoqlaringiz bexos toyib ketadi.  Ammo universitetimiz hududida sovuqni sovuq demay,  kecha-yu kunduz bizning erkin harakatlanishimiz uchun sharoit yaratayotgan xo‘jalik bo‘limi xodimlariga rahmat aytmasak,  bo‘lmaydi.  Ular dam olish kunimi,  ta'tilmi,  tunmi yo kunmi universitet hovlisi va binolarini qor hamda muzlamadan tozalashmoqda.  Tarnovlardagi uzun yax sumalaklar hayot uchun juda xavfli.  Shu muz bo‘laklari kutilmaganda siz-u bizga tan jarohati yetkazishi mumkin.  Shularni inobatga olgan holda,  xaloskorlar tarnovlardagi muzlarni ham tozalab chiqishyapti.  


Kimdir,  ehtimol,  "Bu ularning xizmat burchi, qilishlari shart",  deb e'tiroz bildirar,  yozganlarimiz yoqmas,  biroq o‘z xizmat vazifasini sidqidildan bajaruvchilarni ham qadrlash kerak.  


Biz xo‘jalik bo‘limi xodimlariga zahmatli mehnatlari uchun tashakkur deymiz!  
Aziz talabalar,  siz ham ularning mehnatini qadrlang,  universitet hududini qishin-yozin ozoda saqlash barchamizning vazifamiz!