Yangiliklar

img
Wed, 05/24/2023 - 21:50

"Qadriyat, urf-odat, an'ana va yoshlar" festivali

Universitetimizning 7 yilligi munosabati bilan "Qadriyat, urf-odat, an'ana va yoshlar" festivali e'lon qilingan edi. Bugun 24-may kuni festivalning rasmiy yopilish hamda festival doirasida o'tkazilgan tanlovlarning g'oliblarini taqdirlash marosimi tashkil etildi. 
Festival doirasida "Zakovat" intellektual o'yini, "Milliy taomlar",  "Nigoh" fototanlovi, "Ranglar jilosi" rassomchilik tanlovlari tashkil etildi. Qolaversa, talaba-yoshlarning ijodiy ishlari ko'rgazmasi tashkil etildi. Tanlovlar yuqori raqobat ruhida bo'lgani bilan alohida ajralib turdi. 

Festival doirasida o'tkazilgan tanlovlarda quyidagi jamoalar va talabalar g'oliblikni qo'lga kiritishdi: 

"Zakovat" intellektual o'yini
III o'rin - "Million ilinjida";
II oʻrin - "Gumanoid";
I o'rin - "3 million" jamoalari. 

"Milliy taomlar" tanlovi natijalari

III o'rin - O'zbek tili taʼlimi fakulteti;
III oʻrin - Ona tili va adabiyot ta'limi;
II oʻrin - Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti;
I o'rin - O'zbek filologiyasi fakulteti;


"Eng harakatchan jamoa" nominatsiyasi  - Ijtimoiy gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari fakulteti. 

"Ranglar jilosi" ko‘rik tanlovi natijalari

Tohirova Shahloxon - III o‘rin;
Ikramova Farangiz -  II o‘rin;
G‘ofurova Ruxshona -  I o‘rin. 

"Nigoh" fotosuratlar tanlovi natijalari

Eshboyeva Sevinch -  III o‘rin 
Odilova Madina -  II o‘rin
Obidova Ozoda - I o‘rin. 

G'olib jamoalar va talabalarimizni chin dildan qutlaymiz va kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqqiyatlar tilaymiz.