Yangiliklar

img
Mon, 11/07/2022 - 16:26

Qadimgi turkiy tilga oid bitiktosh va stela topildi

7-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida Xalqaro Turk Akademiyasi bilan hamkorlikda atoqli turkolog, pedagog va oʻqituvchi Axmet   Baytursinov tavalludining 150 yilligiga bagʻishlangan “Axmet   Baytursinov va turkiy dunyoda maʼnaviy davomiylik” mavzusidagi xalqaro konferensiya o'tkazildi.  2022-yilda YUNESKO shafeligida atoqli turkolog olim, qozoq tili ta’limi asoschisi, pedagog va o‘qituvchi Axmet   Baytursinuliy tavalludining 150 yilligi nishonlanmoqda.
Ushbu konferensiya ham mazkur xalqaro tashabbus natijasidir.  
Tadbir doirasida Xalqaro turkiy xalqlar ilmiy arxeologik ekspeditsiyasi faoliyati natijasida topilgan yodgorlik majmuasining noyob topilmasi va Elterish Qutluq xoqon sharafiga yozilgan stelaning taqdimoti ham o‘tkazildi. Bu qadimiy yodgorliklar 2022-yilning avgust oyida Mo'g'ulistonning Nomgon tekisligida topilgan. Ushbu arxeologik va yozma yodgorlik turkiy tillarni o‘rganish va rivojlantirishga xizmat qiladigan asrlik kashfiyotdir. Anjuman boshlanishidan avval tadbir ishtirokchilari uchun  Qutluq xoqon bitigining fotoko‘rgazmasi tayyorlandi.
Bugungi yirik anjumanda Xalqaro Turk akademiyasi prezidenti vazifasini bajaruvchi Fuzuli Majidli, xorijiy davlatlarning O'zbekistondagi elchixonalari, madaniyat markazlari rahbarlari ishtirok etishdi. 


Taniqli turkolog, tarixchi va filolog olimlar tomonidan turkiy xalqlar tili va madaniyatini o'rganish, keng targ'ib qilish, mazkur sohalarda olib borilayotgan tadqiqot natijalari haqida qiziqarli ma'ruzalar qilindi.