2025 yil 6 sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi huzuridagi "Psixologiya va sotsiologiya" kafedrasida, 22.00.02-Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy insitutlar va turmush tarzi ixtisosligigi bo'yicha "Psixilogiya va sotsiologiya" kafedrasi "Ijtimoiy ish" yo'nalishi o'qituvchisi Razzakova Nargis Yuldashevnaning dissertatsiya ishining himoyasi bo'lib o'tdi. Himoyada taqdiqotchi 100%lik ovoz natijasi bilan "Jamiyatni modernizatsiya qilish sharoitida, oilaviy munosabatlarning o'zgarish dinamiasi" mavzusidagi dissertatsiya ishini yoqladi.
24.09.2025 yil Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan taqdim etilgan diplomni Rektorimiz Sh.Sirojiddinov tomonidan tantanali topshirilib, kelgusidagi ilmiy va oilaviy faoliyatida zafarlar tilab qoldilar.






