
Professorlar kitoblarini universitet kutubxonasiga taqdim etishdi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek adabiyotini o'qitish metodikasi kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Nusratullo Jumaxo'ja va filologiya fanlari doktori, dotsent Iqboloy Adizovalar o’zlarining mualliflik kitoblaridan universitet Axborot - resurs markaziga taqdim etishdi. Xususan, Jumaxo’ja Nusratullo qalamiga mansub " Qaro ko'zum ..." g'azali tadqiqi va Iqboloy Adizovaning " Uvaysiy she'riyatida poetik tafakkurning yangilanishi", "Uvaysiy ijodida janrlar takomili" kitoblari talabalar uchun juda zarur darslik, o’quv-qo’llanmalardir. ARM xodimlari va talabalar ustozlarga o’z minnatdorchiligini bildirib qolishadi. Ilm, ziyo tarqatishda hech tolmagan ustozlarimizning ijodiy va kasbiy faoliyatiga rivoj tilab qolamiz.