Yangiliklar

img
Fri, 11/18/2022 - 10:06

Professorimiz turkiy xalqlarning eng nufuzli ilmiy anjumanida ishtirok etmoqda

Ozarbayjon Respublikasi poytaxti Boku shahrida "Turkiy xalqlar adabiyoti: adabiy aloqalar, adabiy taʼsir va tarjima" mavzusida xalqaro konferensiya boʼlib oʼtyapti. Ushbu nufuzli ilmiy anjuman Turkiy davlatlar tashkilotining Samarqand sammitidan keyin oʼtkazilayotganida ham katta ramziy maʼno bor. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Аlievning ikki davlat oʼrtasidagi oʼzaro hamkorlikni yangi bosqichga koʼtarishga doir saʼy-harakatlari ulkan natijalar berishi uchun asos boʼlib xizmat qiladi. Ikki davlat adabiyotshunoslari hamkorligida tashkil etilgan ushbu xalqaro konferensiya adabiy aloqalarimiz rivojida alohida oʼrin tutadi. Ushbu nufuzli xalqaro konferensiyada universitetimiz Oʼzbek adabiyoti tarixi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborov ishtirok etyapti. Nurboy Jabborov anjuman yalpi majlisida "Аhmad Yassaviy va Yunus Emro hikmatlarida ijodiy izdoshlik va adabiy taʼsir" mavzusida maʼruza qildi. Maʼruza ishtirokchilarda katta qiziqish uygʼotdi.
Ozarbayjonning bosh axborot agentligi AZƏRTAC xalqaro konferensiya haqida maqola chop etdi.


Xalqaro anjuman doirasidagi tadbirlar rejasiga koʼra professor Nurboy Jabborov Boku davlat universiteti talabalariga "XX asr boshlari oʼzbek-ozarbayjon adabiy aloqalariga doir manbalar" mavzusida maʼruza qildi.