Yangiliklar

img
Mon, 04/18/2022 - 21:11

Professor Nurboy Jabborov qalamiga mansub “Maoniy ahlining sohibqironi” nomli monografiyaning taqdimoti

Joriy yilning 18-aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti professori, filologiya fanlari doktori Nurboy Jabborov qalamiga mansub “Maoniy ahlining sohibqironi” monografiyaning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Mazkur taqdimotni filologiya fanlari nomzodi, dotsent O. Toshboyev olib bordi. Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayid ham ishtirok etdi.

Qatnashuvchilar kitob haqida iliq fikrlarini bildirdi. Shuningdek, tadbirda filologiya fanlari doktori U. Jo'raqulov, filologiya fanlari doktori M. Asadov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Eshqobil Shukur, professor, shoir J. Beknazarov, filologiya fanlari nomzodi, dotsent A.Dehqonov kabi olimlar monografiya haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi. Taqdimot  samimiy ruhda oʻtganligi bilan ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Olimlar, professor ustozlardan tashqari, tadbirda talablar, magistrantlar hamda kitobsevarlar ishtirok etdi. Maʼlumot uchun, Abdurauf Fitrat nomidagi “Eng yaxshi adabiy tanqidiy va publitsistik toʻplam” mukofoti bilan adabiyotshunos olim Nurboy Jabborov Alisher Navoiy ijodi, faoliyati haqidagi «Maoniy ahlining sohibqironi» toʻplami uchun taqdirlangan.