
Professor Hamidulla Dadaboyev kitobining taqdimoti bo'lib o'tdi
2022-yil 30-mart kuni O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qoshidagi “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori Hamidulla Dadaboyevning “O‘zbek harbiy terminologiyasi” kitobi taqdimoti bo’lib o’tdi. Mazkur tadbirda so‘zga chiqqanlar ushbu kitobning yosh vatanparvarlarni tarbiyalashdagi o‘rni, yurtga, burchga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirishdagi ahamiyati haqida fikr bildirdilar.
Tadbir tantanali ruhda, yuqori saviyada o‘tdi. Taqdimot so‘nggida professor Hamidulla Dadaboyevga O‘zbekiston Milliy gvardiyasi “Tashakkurnoma”si taqdim etildi.
Eslatib o’tamiz, fidoyi ustoz, professor Hamidulla Dadaboyev O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining buyrug’i asosida O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi” ko’krak nishoni bilan ham taqdirlangan.