Yangiliklar

img
Tue, 07/26/2022 - 19:56

Prezident va nomdor davlat stipendiyalari talabgorlari respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi

Ma’lumki, 2022-yilning 23-iyul kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomdor davlat stipendiyalariga talabgorlarning ilmiy-ijodiy ishlari belgilangan mezonlar asosida ko'rib chiqilgan edi.

Bu tanlovning birinchi bosqichi bo’lib, komissiya a’zolari tomonidan qo’yilgan ballar ham e’lon qilingan edi. Joriy yilning 25-iyul kuni mazkur tanlovning II (Yangi O’zbekiston tarixi) va III  (Xorijiy til) bosqichi o’tkazildi. Unga ko’ra ishtirokchilar quyidagicha: 
Prezident stipendiyasi uchun nomzodlar:
Geldiyeva Xursanoy (TNA) – 256 ball+78,1 ball+60 ball = jami 395 ball;
Yusupov Samandar (O‘TA) – 170,5 ball+94,1 ball+ 84,3 ball = jami 348,9 ball;


Navoiy stipendiatligi uchun nomzodlar:
Berdiyev Azizbek (AFF) – 111 ball+51,8 ball+10 ball = 172,8 ball;
G’afforova Sevinch (O‘FF) – 108,5 ball +78,1 ball+75 ball = 261,6 ball; 
Qo‘ziboyeva Go‘zal (O‘FF)  – 307,5 ball +75 ball+40 ball = 422,6 ball;
Umrzakova Sevara (AFF) – 55 ball - II va III bosqichda ishtirok etmadi;


Islom Karimov stipendiatligi uchun nomzodlar: 
Ro‘ziboyeva Parizoda (O‘FF) – 117 ball+79 ball+40 ball = 236 ball deb baholandi.
Shuningdek, magistrlardan, Dilnavoz Najimova Prezident stipendiyasi uchun hujjat topshirib, 54 ball+90 ball+90 ball = 234 ball bilan baholandi.

Talabalarimizga tanlovning Respublika bosqichida omad tilab qolamiz!