Yangiliklar

img
Wed, 09/28/2022 - 11:48

Polvonlar bahsi

27-sentabr kuni ToshDO'TAUda o'zbek milliy kurashi bo'yicha universitet birinchiligi o'tkazildi.  Musobaqani universitet rektori Shuhrat Sirojiddinov ochib berdi.  Rektor o'z nutqida sport bilan shug'ullanish barchamiz uchun birdek foydali ekanligini, talabalar orasida o'tkazilayotgan sport musobaqalarining yaxshi yo'lga qo'yilganini qayd etdi. Talabalik - faollik. Har sohada faol bo'lish, vaqtni unumli o'tkazish joiz, deya ta'kidladi Shuhrat Sirojiddinov. 
Murosasiz kechgan bahslarda g'olibni aniqlash qiyin bo'ldi. Ayrim bahslar hatto soatlab davom etdi. Polvonlarimiz mag'lub bo'lishni istamadilar. Ota-bobolarimiz meros qolgan bu milliy o'yinning o'ziga xosligi ham shunda. Reglament, ochkolar hisobi degan mezonlardan xoli, halol sportdir kurash. 
Uzoq va davomli bellashuvlardan so'ng 90 kg vazn toifasida Izzat Ermonov, 80 kg vazn toifasida Nurali Ro'ziboyev, 70 kg vazn toifasida Jamshid Tohirov, 66 kg vazn toifasida Abbos Ziyodullayev, 60 kg vazn toifasida Sardorbek Sattorov g'oliblikni qo'ldan boy berishmadi.


Barcha g'oliblarimizni va ushbu bellashuv tashkilotchilarini shunday ajoyib natijalar bilan tabriklaymiz!