Yangiliklar

img
Wed, 05/18/2022 - 16:02

Polshalik professor talabalarimizga saboq bermoqda

Xabar berganimizdek, 2022-yilning 16-may kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga Erasmus+ loyihasi doirasida Polshaning Bialstok universiteti professori Krzysztof Szezgielski  tashrif buyurdi. Professor Krzysztof Szezgielski va universitetimiz Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori Nozliya Normurodova bilan uchrashuv jarayonida universitetlar o’rtasidagi akademik almashinuv bo’yicha suhbat bo’lib o’tgan edi.

Hamkorlik kelishuviga ko’ra, polshalik olim tomonidan universitetimiz talabalariga  tarix, huquq, adabiyot fanlaridan ma’ruza mashg'ulotlari olib borilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan, joriy yilning 18-may kuni polshalik professor Krzysztof Szezgielski universitetimiz Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti talabalariga ilk ma’ruza darslarini boshladi.

Ma'ruza mashg'ulotlari ingliz tilida olib borildi. Professor Krzysztof Szezgielskining birinchi ma'ruzasi xalqaro huquqshunoslik mavzusida o'tildi. Ushbu mavzu talabalarda qiziqish uyg'otdi.

Polshalik professor talabalarning mavzu bo'yicha berilgan barcha savollariga to'liq javob berdi. Mazkur ma'ruza mashg'uloti talabalar uchun juda qiziqarli bo'ldi.