Yangiliklar

img
Sat, 08/05/2023 - 15:02

Pedagoglarning media savodxonligini oshirish boʻyicha xalqaro loyiha

4-avgust kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida Janubiy Qozogʻiston davlat pedagogika universiteti ilmiy ishlar boʻyicha prorektori Yerjan Karimbekov hamda K.Jubanov nomidagi Aktoʻbe universiteti Xorijiy tillar fakulteti dekani Boʻtagoʻz Karimbayeva mehmon boʻlishdi. Mehmonlarni universitetimiz xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori Nozliya Normurodova kutib oldi. 
Suhbat chogʻida tomonlar oʻzaro hamkorlikning istiqboli, kelgusidagi vazifalar haqida muzokara olib borishdi.  Xususan, akademik almashinuv asosida talabalar va professor oʻqituvchilarning malaka oshirishlari hamda tajriba almashishlariga imkoniyat yaratishdi, birgalikda ilmiy salohiyatni oshirish boʻyicha izchil ishlar olib borishga kelishildi. Bumdan tashqari har uchala universitet birgalikda yirik loyihani amalga oshirishlari ham kutilmoqda. Bu loyiha professor-oʻqituvchilarning media savodxonligini oshirishga yoʻnaltirilganligi bilan ahamiyatli va dolzarbdir. Chunki bugungi kun ilm-fani va ta’limini media makonsiz tasavvur qilish qiyin. Afsuski, media savodxonlik borasida ilm kishilari hamisha ham chuqur bilimga ega boʻlavermaydilar. Shu jihatdan mazkur loyihani amalga oshirish zamon bilan hamnafas pedagogik jamoani shakllantirishga yordam beradi.