
«Oʻzbekistonning TOP-100 talaba lideri» Almanaxi
Ilm-fan va ta'lim-tarbiyani rivojlantirish xalqaro fondi hisoblangan Ziyo Forum tomonidan tuzilgan Oʻzbekistonning 100 talabasi liderlar almanaxiga kiritildi. Joriy yilning 21-iyun kuni Yoshlar ijod saroyida Ziyolilar “O‘zbekiston talabalari almanaxi” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tanlovga 1500 dan ortiq arizalar kelib tushgan va shulardan IT, fan, taʼlim, media, texnika, adabiyot sohalari vakillari boʻlgan 100 nafar lider talaba saralanib olingan. Gʻolib chiqqan talabalarga Ziyolilar almanaxi va Ziyo Forumning maxsus koʻkrak nishoni taqdim etildi. Almanax fan, sport, ijod, ixtiro va ijtimoiy faoliyatda o'zini ko'rsatgan nafar eng yaxshi talabalarning hikoyalarini to'pladi. Mazkur safda universitetimizning O’zbek tili va adabiyotini o’qitish fakulteti 2-bosqich talabasi Asqaraliyeva Nigora Oybek qizi ham munosib o’rin egalladi!
Nigora Asqaraliyevaning almanax qahramoniga aylanishida uning talabalik yillaridagi yutuqlari sabab boʻlgan. U “Yosh kitobxon-2019” tanlovining Respublika bosqichida faxrli 3-oʻrinni qoʻlga kiritgan. Duel yosh ijodkorlar tanlovida nasr yoʻnalishi boʻyicha viloyati bosqichi gʻolibi, Respublika bosqichi faol ishtirokchisi bo’lgan. Nigora Asqarilyevaning sheʼr va hikoyalari Turk va Amerika davlatlarida chiqqan antalogiyaga kiritilgan. Mazkur antalogiya Amazon.com saytida sotuvga qo’yilgan. Shuningdek, universitetning 6-yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirda “Yilning eng aʼlochi talabasi” nominatsiyasi gʻolibi boʻlgan va Alisher Navoiy nomidagi koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.
Universitetimiz faxri ushbu loyihaning adabiyot yo’nalishida ishtirok etdi. Fond taʼlim sifatini oshirish, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish va mamlakatning yuqori malakali yosh kadrlari zaxirasini yaratish maqsadida tashkil etilgan. “Ziyolilar”ning maqsadi iqtidorli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, hamda ularning loyihalarini amalga oshirishda yordam berishdan iborat. Bu “Yoshlar oyligi” uchun ajratilgan fondning ikkinchi nashridir. “Ziyolilar”ning birinchi nashri O‘zbekiston yosh olimlariga bag‘ishlangan edi.