Oʼzbekistonda Ozarbayjon adabiyoti va madaniyati kunlari
18-oktabr kuni universitetimizda “Oʼzbekistonda Ozarbayjon adabiyoti va madaniyati kunlari” mavzusida davlat miqyosidagi loyihaning bir qismi sifatida adabiiy-badiiy kecha o'tkazildi. Tadbirni universitetimiz prorektori Sulton Normamatov ochib berdi. ToshDO'TAUda faoliyat olib borayotgan Fuzuliy nomidagi Ozarbayjon madaniyati markazi raisi Gulbahor Ashurova tadbir mehmonlarini tanishtirdi. Tadbirda Ozarbayjon Milliy majlisi fan, taʼlim, madaniyat qoʼmitasi rahbari adiba, olima, shoira va davlat arbobi, universitetimizning doimiy aziz mehmoni Ganira Pashshaeva, shuningdek, Haydar Аliev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi direktori Samir Аbbasov, Oʼzbekiston va Ozarboyjon xalq artisti Gulyanoq Mamedova va qator sanʼatkorlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida nomdor ozar adibasi Aziza Ja'farzodaning "Baku 1501" kitobining o'zbek tiliga tarjimasi taqdimoti ham o'tkazildi. Tarjimon Rustam Jabborov O'zbekiston va Ozarbayjon xalqlarining azaliy do'stligi, mushtarak tarixi va madaniyati haqida ma'ruza qildi.

Ko'plab o'zbek va ozarbayjon ziyolilari, talaba yoshlar ishtirokida o'tgan ajoyib tadbir yig'ilganlarda katta taassurot qoldirdi.


