Yangiliklar

img
Thu, 11/17/2022 - 16:06

O‘zbekiston va Fransiya ilm toliblari

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat  oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti Xorijiy tillar kafedrasida Fransiyalik  fransuz tili oʻqituvchisi Kari Desservettaz faoliyat olib bormoqda.  17-noyabr — Xalqaro o‘rganuvchilar kuni” munosabati bilan  201-guruh ilm toliblari uchun “Oʻzbekiston va Fransiya o‘rganuvchilari” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Tadbirda fakultetda fransuz tili yoʻnalishida taʼlim olayotgan o‘rganuvchilar faol qatnashishdi. Kari Desservettaz  Yevropada yoshlar boʻsh vaqtini qanday oʻtkazishi va nimalarga qiziqishi haqida gapirib berdi. U Oʻzbekistondan tashqari bir necha xorijiy davlatlarda faoliyat olib borgan va yoshlarning kitob oʻqishga qiziqishi katta ekanligini aytib oʻtdi. Xorijiy tillar kafedrasi mudiri Nargiza Rashidova oʻz oʻrnida fransiyalik o‘qituvchiga  minnatdochilik bildirdi va yoshlarni xorijiy tillarni oʻrganishga, boʻsh vaqtlarida kitob mutolaa qilishga sarflashlari kerakligini taʼkidladi. Suhbat qiziqarli savol-javoblarga boy bo‘ldi.