Yangiliklar

img
Tue, 07/26/2022 - 18:13

Oʻzbekiston va Afgʻoniston: oliy taʼlim sohasidagi hamkorlik

Ayni damda O‘zbekiston va Afg‘oniston  xalqaro konferensiyasi doirasida “Gumanitar rivojlanish – Afg‘onistonni farovon kelajakka eltuvchi yo‘l” mavzusida sho‘ba yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu yig‘ilishda O‘zbekiston OTMlarining Afg‘oniston yoshlariga o‘qish imkoniyatini yanada oshirish, ularga qulayliklar yaratish masalasi muhokama etilmoqda. Ma'lumki, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti bu borada ko‘plab xayrli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Universitetimiz Afg‘onistonning Balx universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan, bundan tashqari Surxondaryo viloyatida Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish boʻyicha Taʼlim markazini ham o‘quv-uslubiy va boshqa sohalarda to‘liq qo‘llab-quvvatlab keladi. Shuningdek, joriy yilning o‘zida 13 nafar afg‘onistonlik yoshlar ToshDO‘TAUda magistraturani tamomlashdi, hozirgi kunda 4 nafar Afg‘oniston fuqarosi universitetimizning doktorantura bosqichida ta'lim olmoqdalar. 
Bugungi yig‘ilishda Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAUda qayd etilgan bunday ijobiy natijalar alohida qayd etildi. 

ToshDO‘TAU rektori filologiya fanlari doktori, professor Shuhrat Samariddinovich Sirojiddinov bu ezgu tashabbuslarni amalga oshirish yo‘lidagi amaliy harakatlar Afg‘onistonda istiqomat qilayotgan o‘zbeklar tili va adabiyotini asrash, tadqiq va targ‘ib qilish, ta’lim tizimidagi yangiliklarni amalda qo‘llash, ToshDO‘TAUda tahsil olgan afg‘onistonlik talabalar zimmasidagi muhim vazifalar xususida to‘xtaldi.