Yangiliklar

img
Thu, 11/23/2023 - 10:10

Oʻzbek-turk madaniyat koʻprigi

2023-yil 22-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Ona tili va adabiyot ta’limi fakultetiga Turkiyalik professor, "O'zbek - turk madaniyat ko'prigi" loyihasi asoschisi, ko‘plab davlatlarda bo‘lib, ilmiy ish qilgan ustoz Musa Yavuz Alptekin tashrif buyurdi. Tashrif davomida professor Musa Yavuz Alptekin Ona tili va adabiyot ta’limi fakulteti dekani Marg‘uba Abdullayeva bilan uchrashdi. Keyin esa "O‘zbek-turk madaniyat ko‘prigi" loyihasi haqida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Seminar-treningni fakultet dekani Marg‘uba Abdullayeva ochib berdi. Jamshid Norquziyev talabalarni bugungi uchrashuv maqsadi bilan tanishtirdi. Uchrashuvda professor Musa Yavuz Alptekin talabalarga o‘z faoliyati haqida gapirdi. "O‘zbek-turk madaniyat ko‘prigi" loyihasining taqdimoti bo‘ldi. Loyihaning maqsadi, kutilayotgan natijalar, ikki davlat talabalari almashinuvi haqida ham aytildi. Uchrashuv so‘nggida talabalar professor bilan qizg‘in savol-javob qildilar, qiziqtirgan savollarga javob oldilar.