Tue, 11/15/2022 - 11:57
O'zbek tilining ovozli yordamchisi yaratilmoqda
Universitetimizning faol va intiluvchan talabalari Yoshlar ishlari agentligining Boʻstonliq tumanidagi Yoshlar oromgohida oʻtkazilgan "Uzbek voice.ai" loyihasida faol ishtirok etib, oʻzbek tilining rivojlanishiga oʻz hissalarini qoʻshishdi va faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritishdi.
Odina Noryigitova, Feruza Askaraliyeva, Munisa Rafiqjonova, Sitora Uzoqova, Sarvinoz Isanova, Robiya Norboyeva, Saida imomova, Furqat Nizomovlar mazkur loyihada o'zlarining bilim va tashabbauslari bilan yaxshi natijalar qayd etishmoqda.
Loyiha oʻzbek tilidagi ovozli matnlar asosini yaratish va ularni zamonaviy texnologiyalarga integratsiya qilishni maqsad qilgan.


