
Oʻzbek tilining mavqeyini oshirishda tarjimaning ahamiyati
14-may kuni Xorijiy tillar kafedrasi va A. S. Pushkin nomidagi Rus tili va madaniyati markazi tashabbusi bilan "Oʻzbek tilining mavqeyini oshirishda tarjimaning ahamiyati" mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Davra suhbatida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir, tarjimon Nikolay Ilin ishtirok etdi. Tadbirda shoir tarjimaning jahon madaniyati va dunyo xalqlari oʻrtasidagi doʻstlik aloqalarida tutgan oʻrni, tarjimon oldiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida fikr yuritdi. Talabalar oʻzlarining dastlabki ijodiy ishlari, tarjimalari bilan boʻlishdilar hamda ustoz tarjimon ular haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdi, kerakli tavsiyalar bilan boʻlishdi. Mehmonimiz Maxtumqulining eng mashhur sheʼrlaridan boʻlgan "Namasan?" sheʼrining yangi ruscha tarjimasi bilan boʻlishdi. Tadbirda shuningdek, markazning faol aʼzolari tomonidan yaqin kunlarda 225 yillik toʻyi nishonlanishi kutilayotgan A. S. Pushkinning eng sara sheʼrlari oʻqildi.