Yangiliklar

img
Fri, 07/28/2023 - 03:33

Oʻzbek tilining frazeologik lugʻati nashr etildi

27- iyul kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi” tomonidan 1000 nusxada nashr etilgan “O‘zbek tili frazeologik lug‘ati”ning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Lug‘at nashri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6084-sonli farmoniga ilova qilingan “2020 – 2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining 2020 – 2022-yillarda amalga oshirish dasturi”da belgilangan. Ushbu lug‘at ijodkorlar, tadqiqotchilar, magistrantlar, keng doiradagi foydalanuvchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, 5000 dan ortiq zamonaviy, arxaik, dialektal frazeologik birlik izohini o‘z ichiga olgan. Lug‘at respublika tuman kutubxonalari, davlat tashkilotlari va muassasalariga yetkazildi.
Lugʻatni
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti olimlari qayta ishlab, nashrga tayyorladi. Bu xayrli ishga professor Zulxumor Xolmanova boshchilik qildi.