Yangiliklar

img
Mon, 01/16/2023 - 19:19

O'zbek tilini o'rganuvchilar safi kengaymoqda

16-yanvardan boshlab universitetimiz huzuridagi xorijliklarga o'zbek tilini o'rgatuvchi  "O'zbek maktabi"ga koreyalik 7 nafar o'rganuvchilar uchun kurslar boshlandi. KOICA tashkiloti bilan tuzilgan shartnomaga asosan ko‘ngillilarning bir nechta guruhi shu kungacha universitetimizda o‘zbek tili va madaniyatini o‘rganishdi.  Noodatiy dars jarayonlari, zamonaviy yondashuv va eng so‘nggi ilg‘or metodikalarga asoslangan darsliklar asosida yo‘lga qo‘yilgan o‘qitish tizimi hamkorlarimizni ham xursand qildi.
Bitiruvchilarimiz qayd etgan natijalardan biz ham xursandmiz. Ular qisqa fursatda o‘zbek tilini A1 dan B2 darajagacha o‘zlashtirdilar. 


Bu gal ham yetti nafar KOICA  ko‘ngillisi  "O‘zbek maktabi"da til o‘rganishadi,  o‘zbek oshxonasi,  o‘zbek milliy liboslari,  urf-odatlari bilan tanishadi.   
Biz ularga omad tilab qolamiz!