O‘zbek tilini o‘qitishda interaktiv ta’lim modelining roli
O‘zbek tili ta’limi fakulteti O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili ta’limi kafedrasi tashabbusi bilan professor-o'qituvchilar va tadqiqotchilar uchun nazariy-metodologik seminar tashkil etildi. Seminarda pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Dilafruz Xidoyatova “O‘zbek tilini o‘qitishda interaktiv ta’lim modelining roli” mavzusida ma’ruza qildi. Til darslari o‘quvchini mustaqil fikrlashga, mulohazalarni og‘zaki va yozma ravishda to‘liq bayon qilishga o‘rgatadi. O‘quvchining savodxonlik darajasini, uning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni ona tilidan hosil qilingan bilim va malakalari asosiga quriladi. Ma'ruzachi O‘zbek tilini o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish dars sifatini oshirishda muhim ekanligi, darslarni tashkil etishda interaktiv ta’lim modelining roli katta ahamiyat kasb etishi ta’kidladi. Seminar bahs-munozaralarga boy bo‘ldi. Professor-o‘qituvchilar o‘z fikr-mulohazalarini, takliflarini bildirishdi.