Oʻzbek tili va uni oʻqitish metodikasi kafedrasi yutuqlari

Joriy yilning sentyabr oyidan talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida  kafedramizda “Bo‘lajak pedagog” to‘garagi o‘z faoliyatini boshladi. Har oyning  seshanba va juma kunlari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. “Bo‘lajak pedagog” to‘garagi reja asosida darslar tashkil etilib, unda talabalarga pedagog va unga qo‘yilgan talablar, nutqiy ko‘nikmalar (og‘zaki nutq, yozma nutq, o‘qib tushunish va tinglab tushunish)dan dars jarayonlarida unumli foydalanish, ilmiy maqola uchun mavzu tanlash, adabiyotlarni o‘rganish, ularni saralash, ilmiy masala qo‘yish, ilmiy tadqiqot uchun mavzu tanlash, ilmiy maqolani chop qilish haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. May oyida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan konfrensiyaga o‘zlari yozishgan tezislari bilan ishtirok etishlari belgilangan.

Bu ilmiy to‘garagimizning maqsadi talabalarga o‘qituvchi qo‘yiladigan talablarni tushuntirish, ilmiy faoliyatini davom ettirishni istagan talabalarga to‘g‘ri yo‘nalish ko‘rsatib, ona tili ta’limida tadqiqot olib borishga yo‘naltirish, fanning maqsadini anglatish, nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirish  ustida turli loyihalar qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamkorligida ilk bor “Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material” tanlovi o‘tkazildi. Hakamlar hay’ati tomonidan saralangan 26 ta maqola ko‘rib chiqilib, ilmiy faoliyatni ommaga sodda, ravon va tushunarli tilda yetkazgan eng yaxshi materiallar adolat va shaffoflik mezonlari asosida baholandi. 2025-yil 3-oktabrda Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosida taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Tanlovda kafedra o‘qituvchisi Zuhra Isroilova qatnashib, 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Taqdirlash marosimi doirasida 2025-yilda o‘tkazilgan tanlovlar g‘oliblari ishtirokida Oliy Majlis binosi, Yozuvchilar uyushmasi va Adiblar xiyoboniga ekskursiya uyushtirildi. 

7-оktabr kuni Аlishеr Nаvоiy nоmidаgi Tоshkеnt dаvlаt oʻzbеk tili vа аdаbiyoti univеrsitеti hаmdа Tоshkеnt shаhri Yakkаsаrоy tumаni mаktаbgаchа vа mаktаb tа’limi boʻlimi bilаn hаmkоrlikdа “Oʻzbеk tili vа uni oʻqitish mеtоdikаsi” kаfеdrаsi, хususаn kаfеdrа mudiri S.Muhаmеdоvа vа kаfеdrа dоtsеnti Х.Kаdirоvаlаr tоmоnidаn 127-mаktаbdа “Oʻzbеk tili vа аdаbiyoti tа’limining zаmоnаviy yondаshuv vа yoʻnаlishlаri” tа’limiy Fоrum tаshkil etildi. Undа оnа tili dаrsligi muаlliflаri, “Oʻzbеk tili vа uni oʻqitish mеtоdikаsi” kаfеdrаsi oʻqituvchilаri, оnа tili dаrsligi muаlliflаri – pеdаgоgikа fаnlаri dоktоri, prоfеssоr Klаrа Mаvlоnоvа, pеdаgоgikа boʻyichа fаlsаfа dоktоri, dоtsеnt Sаnоbаr Kuldаshеvа, shuningdеk, oʻzbеk tili dаrsligi muаllifi pеdаgоgikа fаnlаri boʻyichа fаlsаfа dоktоri, dоtsеnt Dilаfruz Hidоyatоvаlаr oʻz mа’ruzаlаri bilаn ishtirоk etdilаr. Tаdbirdа Yakkаsаrоy tumаnidа jоylаshgаn bаrchа mаktаblаrning оnа tili vа аdаbiyot hаmdа oʻzbеk tili oʻqituvchilаri ishtirоk etdi.

O‘zbek tili va adabiyoti ta’limi 3-kurs 303-guruh talabalari Ne’matova Sevara, Akbarova Elinur, Mahmudova Zarina, Murodullayev Diyorbek ustozlari f.f.d., prof. Saodat Muhamedova va f.f.n., dots. Nargiza Musulmanovalar rahbarligida 21-oktyabr “O‘zbek tili bayramiga” atab Moskva davlat lingvistika universitetida o‘tkazilgan “ Raqamlashtirish davrida o‘zbek tilini o‘qitish: muammo va istiqbollar” mavzusidagi Xalqaro davra suhbatida ishtirok etishdi va tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.

20-oktabr Uchtepa tumani 44-sonli umumta’lim maktabida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori, pedagogika fanlari doktori Mavlanova Klaraxon Mahmudovna tashrif buyurib, o‘quvchilar bilan samimiy suhbat o‘tkazdilar. Ustoz o‘z ma’ruzasida o‘zbek tilining boy tarixi, uning davlat tili sifatidagi o‘rni va har bir yosh uchun ona tiliga hurmat ko‘rsatishning ahamiyati to'g'risida so‘z yuritdi. Shuningdek, “Dushanba — Kelajak soati” doirasida 9-sinflar uchun “21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni” mavzusida dars mashg‘uloti o‘tkazildi. O‘quvchilar tilimizning bebaho qadri va uni asrab-avaylash zarurligi haqida katta taassurotlarga ega bo‘ldilar.

12-noyabr kuni “Renessans” kino uyida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Ilm-fan targ‘ibot markazi, O‘zbekiston ekologik partiyasi hamda “Science and Innovation” kompaniyasi hamkorligida “Evrika” tanlovining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tanlovning mazmuni yosh olimlar va tadqiqotchilarning innovatsion g‘oyalari, ilmiy izlanishlari hamda ilm-fan rivojiga qo‘shayotgan hissasini rag‘batlantirishga qaratilgan bo‘lib, unda ishtirokchilar o‘z loyihalarini taqdim etishdi. Yakuniy bosqichda 5 ta nominatsiya bo‘yicha 20 nafar g‘olib aniqlanib, ularga pul mukofotlari, maxsus statuetkalar va esdalik sovg‘alari topshirildi. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek tili va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi Israilova Zuhra ushbu nufuzli tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etib, 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Israilova Zuhra tanlovga “Xorijliklar uchun o‘zbek tilining lingvomadaniy so‘zlar lug‘ati” nomli ilmiy-amaliy loyihasi bilan qatnashdi. Loyiha xorijiy auditoriyaga o‘zbek tilining madaniy qatlamini chuqur yoritish, lingvomadaniy birliklar orqali til o‘rgatish metodikasini takomillashtirishga qaratilgani bilan e’tiborga molikdir. Ushbu lug‘at nafaqat o‘zbek tilini o‘rganuvchi xorijliklar uchun qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi, balki o‘zbek madaniyati va milliy qadriyatlarining xalqaro miqyosda ommalashuviga ham hissa qo‘shadi.

26-27-noyabr kunlari Qirg‘iziston Respublikasi poytaxti Bishkek shahrida “Aytmatov o‘qishlari – 2025” (“Айтматовские чтения – 2025”)   Xalqari ilmiy-amaliy Forumida kafedra dotsenti Nargiza Musulmanova ishtirok etdi. Forum B.Yeltsin nomidagi Rossiya-Qirg‘iz Slovyan universiteti (KRSU)da bo‘lib o‘tdi va unda MDH tarkibidagi 8ta davlatdan kelgan tilshunoslar, adabiyotshunos olimlar, talabalar, doktorant va magistrantlar, siyosatshunoslar, turli tashkilot va markazlarning rahbarlari ishtirok etishdi. Mazkur Forum tashkilotchilari Moskva davlat lingvistika universitetlari va Rossiya Ta’lim vazirligi.

5-dekabr kuni Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tili va uni o‘qitish metodikasi kafedrasida 1-kursning 103-guruh talabalari tomonidan “Konstitutsiya — baxtimiz qomusi” mavzusida keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan sanaga bag‘ishlanib, yoshlar ongida huquqiy madaniyatni mustahkamlash, asosiy qonunimizning hayotiy ahamiyatini chuqurroq anglatish maqsadida tashkil qilindi. Dastlab guruh talabalari tomonidan Konstitutsiyaning yaratilish tarixi, undagi asosiy prinsiplar, inson huquq va erkinliklarining himoyasi haqidagi ma’lumotlar taqdim etildi. Talabalar o‘z chiqishlarida nafaqat nazariy ma’lumotlarni, balki ularning amaliy hayotdagi namoyon bo‘lishi haqida ham qiziqarli misollar keltirdilar. Shundan so‘ng, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Talabalar tayyorlagan mini-inssenirovkalar orqali Konstitutsiyaning turli moddalari hayotiy vaziyatlarda qanday qo‘llanishi mumkinligi yorqin ifoda etildi. Ayniqsa, “Har bir fuqaroning ta’lim olish huquqi”, “Shaxsiy daxlsizlik” va “Oila – jamiyatning asosiy bo‘g‘ini” mavzularida sahnalashtirilgan chiqishlar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Talabalar inson huquqlarini bilish va ularga hurmat bilan yondashish demokratik jamiyatning asosiy belgisi ekanini ta’kidlab, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish zarurligini o‘z ijrolari orqali yoritib berishdi.

Tadbir yakunida kafedra o‘qituvchilari 103-guruh talabalari tomonidan namoyish etilgan yuqori mas’uliyat, mustaqil izlanish va ijodkorlikni yuksak baholadilar. Ular bunday tadbirlar yoshlar ongida huquqiy madaniyatni shakllantirish, mamlakat Konstitutsiyasiga hurmat tuyg‘usini mustahkamlashda juda katta ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar. Mazkur tadbir nafaqat Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan ma’rifiy uchrashuv bo‘libgina qolmay, balki talabalarning o‘z iqtidorini namoyon qilish, jamoada ishlash ko‘nikmasini mustahkamlash va huquqiy bilimlarini amaliy tarzda boyitish uchun ham samarali maydon bo‘lib xizmat qildi.

21-fevral – Xalqaro ona tili kuni munosabati bilan O‘zbek tili va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi hamda Toshkent shahridagi umumta’lim maktablari hamkorligida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirni kirish so‘zi bilan O‘zbek tili va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Saodat Muhamedova ochib berdi. U o‘z nutqida ona tilini o‘rganish, uni qadrlash va keng targ‘ib etish har bir fuqaroning ma’naviy burchi ekanini ta’kidladi. Shuningdek, kafedra dotsenti, filologiya fanlari doktori (DSc) Xurshida Botirovna Kadirova Xalqaro ona tili kunining mazmun-mohiyati haqida ma’ruza qildi. U mazkur sana 1999-yilda UNESCO tashabbusi bilan e’lon qilinganini, ushbu kun tillar xilma-xilligini asrash, milliy o‘zlikni anglash hamda madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.

Filologiya fanlari doktori, professor Nishonboy Abdusattorovich Husanov o‘z chiqishida o‘zbek tilidagi ayrim so‘zlarning etimologiyasi va ularning ma’no qatlamlari xususida ilmiy mulohazalar bildirdi. Tadbirda xorijiy tadqiqotchi, Utrecht universiteti post-doktoranti Jozeph Buckley “O‘zbek tilini qanday o‘rgandim?” mavzusida so‘zga chiqib, o‘zbek tilini o‘rganish jarayoni va shaxsiy tajribasi haqida so‘zlab berdi. Uning o‘zbek tilida ravon va mukammal nutq so‘zlashi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Shuningdek, universitet bilan “4+2” dasturi asosida hamkorlik qilayotgan umumta’lim maktablari o‘quvchilari ham faol qatnashdi. Yangihayot tumanidagi 329-maktab o‘quvchilari sahna ko‘rinishlari va she’riy chiqishlar namoyish etdilar. Yakkasaroy tumanidagi 89-maktabning o‘zga tilli o‘quvchilari esa o‘z ona tillarida she’rlar o‘qib, milliy tili va madaniyati haqida ma’lumot berdilar. Tadbirda kafedra professor-o‘qituvchilari, talabalar, magistrantlar hamda maktab o‘quvchilari ishtirok etdi. Ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi va ona tiliga hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamladi.

23-fevraldan 2-martiga qadar O‘zbek tili va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi professori,  ped.f.d.(DSc) Klaraxon Mavlonova, O‘zbek adabiyoti va uni o‘qitish metodikasi dotsenti, f.f.d. (PhD) Mahfuzaxon To‘ychiyeva hamda 1-bosqich tayanch doktoranti Xusnora Baxtiyorova Milliy o‘quv dasturini takomillashtirish doirasidagi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Respublika ta’lim markazi, UNICEF va Cambridge University Press & Assessment tashkilotining ekspertlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan xalqaro seminar-treningda faol ishtirok etishdi. 

24-aprel kuni Toshkent viloyati pedagogik mahorat markazida “Til va ma’rifat chashmasi” nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida ona tili va adabiyot ta’limini takomillashtirish, til o‘qitishning zamonaviy yondashuvlari hamda nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Davra suhbatida O‘zbek tili va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi professori Klaraxon Mavlonova “Ona tilini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar” hamda dotsentlardan Sanobar Kuldasheva “Esse yozishni o‘rgatish texnikasi”,  Nargiza Musulmanova “O‘zbek tilini ikkinchi til sifatida dunyo miqyosida o‘rganilishi”, Munira Shodmonova “Til o‘qitish jarayonida nutqiy vaziyat yaratish usullari” mavzularida ma’ruza qilishdi. Tadbir davomida tinglovchilar bilan fikr almashildi, zamonaviy pedagogik yondashuvlar yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi hamda til ta’limi samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim masalalar muhokama etildi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazida ta’lim tashkilotlari vakillari, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda amaliyotchi pedagoglar ishtirokida joriy yilning 20-aprelidan 7-mayiga qadar umumta’lim fanlari bo‘yicha takomillashtirilayotgan Davlat ta’lim standartlari va milliy o‘quv dasturlari loyihalarini muhokama qilish jarayoni davom etmoqda. Ushbu tizimli islohotlar doirasida 2026-yil 4-may kuni ona tili faniga oid takomillashtirilgan Davlat ta’lim standarti va milliy o‘quv dasturi loyihalari ekspertlar muhokamasidan o‘tkazildi. Mazkur mas’uliyatli jarayonda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining ilmiy salohiyati keng jalb etilgan bo‘lib, universitetimizning O‘zbek tili va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori Klaraxon Mavlonova hamda tayanch doktorant Husnora Baxtiyorova loyihani tayyorlash va ekspertlarga taqdim etishda alohida faollik ko‘rsatishdi.
Ta’kidlash joizki, ushbu loyihalarni ishlab chiqishda xalqaro tajribaga tayanilgan holda Cambridge University Press & Assessment bilan hamkorlikda mutaxassislarning salohiyati va o‘quv dasturlarini xalqaro standartlarga moslashtirish ishlari amalga oshirildi. Bunda ta’lim bosqichlari mazmuni Ta’limning xalqaro tasniflagichi (ISCED–2011) darajalariga muvofiqlashtirilib, umumiy o‘rta ta’lim bosqichlari uchun o‘quv dasturlari qamrovi ishlab chiqildi. Muhokama jarayonida universitetimiz dotsenti Sanobar Kuldasheva, shuningdek, respublikamizning yetakchi olimlari va amaliyotchi o‘qituvchilar ekspert sifatida faol qatnashib, loyihalarning mazmuniy yaxlitligi, mantiqiy izchilligi va kompetensiyaviy yondashuv asosida tuzilganiga alohida e’tibor qaratdilar. Mutaxassislar tomonidan ta’lim mazmunini belgilovchi asosiy hujjatlar bo‘lmish Davlat ta’lim standartlari, fan o‘quv dasturlari hamda darslik va o‘quv-metodik majmualarning o‘zaro uyg‘unlikda bo‘lishi zarurligi qayd etildi. Yangi yondashuvga ko‘ra, o‘quv maqsadlari aniq va o‘lchanadigan kompetensiyalar asosida belgilanib, o‘qish, yozma savodxonlik hamda tinglash va so‘zlash ko‘nikmalarini rivojlantirish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi. Ekspertlar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar tizimli ravishda umumlashtirilib, loyihalarni yanada takomillashtirishning aniq yo‘nalishlari belgilab olindi. Bu kabi muhokamalar o‘quv dasturlarini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

2025-yilda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan nashr qilingan ishlar:

  • Professor S.Muhamedova “Tilshunoslik asoslari” darslik;
  • Professor S.Muhamedova hammuallifligida “Qoraqalpoq  tili va adabiyoti ta’limida zamonaviy axborot texnologiyalari”  (qoraqalpoq tilida) o‘quv qo‘llanma;
  • Dotsent X.Kadirova “Iks-femizmlarning badiiy tarjimasi” monografiya;
  • Dotsent M.Madaminova “Sotsiolingvistika” o‘quv qo‘llanma;
  • Dotsent Y.Shirinova “Ta’limda ilg‘or xorijiy tajribalar” uslubiy qo‘llanma.

2026-yilda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan nashr qilingan ishlar:

  • Professor S.Muhamedova hammuallifligida “Tilshunoslik  nazariyasi” darslik;
  • Professor S.Muhamedova hamda dotsent Y.Shirinova “Kurs ishi va bitiruv malakaviy ishlarini bajarish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma”;
  • Professor K.Mavlonova, dotsentlar T.Yusupova, S.Kuldasheva, M.Shodmonovalar hammualligida “Ona tili o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanma.

Alisher Navoiy nomidagi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professor-o‘qituvchilari ko‘p yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti ilmiy xodimlari bilan ilmiy-akademik sohaning turli yo‘nalishlarida samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Mazkur hamkorlik doirasida muntazam ravishda binar ma’ruzalar tashkil etilishi an’anaga aylangan.
2026-yil 11-may kuni universitetda O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabalari uchun “Qiyosiy lingvomadaniyatshunoslik” fanidan “Madaniyat kodi – madaniyatni tushunish kaliti. O‘zbek xalq maqol va topishmoqlarida lingvomadaniy kodlar xususiyati” mavzusida binar ma’ruza bo‘lib o‘tdi. Ma’ruzani universitet kafedra mudiri, filologiya fanlari doktori, professor S.X.Muhamedova hamda institutning yetakchi ilmiy xodimi, filologiya fanlari doktori (DSc) Z.R.Muqimova olib bordilar. Binar ma’ruzada o‘zbek xalq maqol va topishmoqlarining muayyan xalq madaniyatini o‘zida mujassam etgan lingvomadaniy kodlar ekanligi boy faktik materiallar asosida yoritib berildi. Mashg‘ulot davomida talabalar bilan interaktiv muloqot tashkil etilib, lingvistik tajribalar o‘tkazildi hamda talabalarning savollariga batafsil javob berildi.

O‘zbek tili va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti Nargiza Musulmanova Qozog‘iston Respublikasining Ostona shahrida joylashgan L.N. Gumilyov nomidagi Yevroosiyo Milliy universitetida talabalar, magistrantlar va doktorantlar uchun 16 soatlik ilmiy seminar mashg‘ulotlarini olib bordi. Mazkur oliygoh dunyoning nufuzli QS World University Rankings reytingida 317-o‘rinni egallaydi. Mashg‘ulotlarda o‘zbek tili multikorpusining ta’lim jarayonidagi amaliy va metodik ahamiyati, zamonaviy o‘zbek tili va uning sathlari tizimi, zamonaviy o‘zbek tili grammatikasining nazariy hamda amaliy masalalari, o‘zga tilli maktablarda o‘zbek tilini o‘qitishning o‘rni va ahamiyati, ona tili sifatida o‘zbek tilini o‘qitishning zamonaviy metodlari yuzasidan ilmiy-amaliy fikrlar bildirildi.

2026-yilning 13-16 may kunlari ToshDO‘TAU vakillari  - O‘zbek tili va  uni o‘qitish metodikasi  kafedrasi mudiri, prof. S.Muhamedova,  f.f.n. dots.T.Tog‘ayev, f.f.d. (DSc), dots.X.Qodirovalar  Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida  xizmat safarida bo‘lishdi.  Ular     2026-yil 13-15-may kunlari Jahon universitetlari bo‘yicha QS reytingiga kirgan Boku muhandislik universitetida  professor - o‘qituvchilar va talabalar uchun o‘zbek va ozarbayjon tillarining fonetikasi, morfologiyasi, leksikasi, sintaksisi qiyosiga bag‘ishlangan ma’ruzalar kurslarini o‘tishdi.  Ma’ruzachilar o‘zbek va ozarbayjon tillarida erkalashni bildiruvchi birliklar, o‘zbek va ozarbayjon tillaridagi maqollarning tipologiyasi, rus tilidagi ayrim turkiy (o‘zbekcha) o‘zlashmalar to‘g‘risida batavfil ma’lumotlar berib, ishtirokchilarning savollariga  to‘liq javoblar berishdi. ToshDO‘TAU vakillari ma’ruzalar o‘qish davomida Boku muhandislik universiteti Gumanitar fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishishdi.  
Shuningdek, ular xizmat safari davomida 14-15-may kunlari Ozarbayjon davlat pedagogika universitetida I Turkologiya qurultoyining 100 yilligiga bag'ishlangan xalqaro konferensiyada ham qatnashishdi. Ular sho‘balar ishida faol qatnashib, zamonaviy tilshunoslik bo‘yicha bir nechta sho‘balarga moderatorlik qilishdi, turkiy dunyoning ko‘plab olimlari bilan ilmiy-akademik sohada dolzarb mavzudagi hamkorliklar yo‘nalishlarini belgilab olishdi.