Yangiliklar

img
Fri, 04/29/2022 - 11:16

O'zbek tili va adabiyotini o'qitish ta'lim yo'nalishiga ixtisoslik bloklari

O'zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga qabul qilish bo'yicha Davlat komissiyasining 2022-yil 22-apreldagi 13-son bayonining 1-ilovasiga muvofiq, bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan

FANLAR MAJMUASI, BAHOLASH MEZONLARI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI tasdiqlandi.

Unga ko'ra, quyidagi fanlar barcha abituriyentlar uchun majburiy etib belgilandi: 

1. Ona tili (o'zbek rus, qoraqalpoq va boshqa tillar). 
2. Matematika. 
3. O'zbekiston tarixi. 

Barcha uchun majburiy fanlarning har biridan 10 tadan jami 30 ta savol bo'lib, har bir to'g'ri javob 1,1 balldan baholanadi. Demak, majburiy fanlar majmuasidan jami 33 ball to'plash mumkin. 

Bakalavriat ta'lim yo'nalishiga mos 2 ta fan bo'yicha esa 30 tadan test savoli taqdim etiladi. 1-fan bo'yicha har bir to'g'ri javob 3,1 balldan, 2-fan bo'yicha har bir to'g'ri javob 2,1 balldan baholanadi. Ixtisoslik hisoblangan 2 ta fandan olish mumkin bo'lgan eng yuqori ball 156 ball. Jami test sinovida olish mumkin bo'lgan eng yuqori ko'rsatkich 189 ballni tashkil etadi.

 Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetining bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga kirish uchun   quyidagi 2 ta fandan test topshiriladi: 

1. Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili - o'zbek tili va adabiyoti/chet tili. 
2. O'zbek tili va adabiyotini o'qitish - o'zbek tili va adabiyoti/chet tili. 
3. Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili) - ingliz tili/ona tili va adabiyot. 
4.  Tarjima nazariyasi va amaliyoti (nemis tili) - nemis tili/ona tili va adabiyot.
5.  Tarjima nazariyasi va amaliyoti (fransuz tili) - fransuz tili/ona tili va adabiyot.
6.  Tarjima nazariyasi va amaliyoti (rus tili) - rus tili/ona tili va adabiyot.
7. Amaliy filologiya - o'zbek tili va adabiyoti/chet tili. 
8. Noshirlik ishi - ona tili va adabiyoti/chet tili. 
9. O'zga tilli guruhlarda o'zbek tili - o'zbek tili va adabiyoti/rus tili. 
10. Kompyuter lingvistikasi -  o'zbek tili va adabiyoti/matematika. 
11. Folklorshunoslik va shevashunoslik - o'zbek tili va adabiyoti/chet tili. 
12. Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik - o'zbek tili va adabiyoti/chet tili. 

ToshDO'TAU ga kirish uchun tasdiqlangan fan bloklaridan faqatgina O'zbek tili va adabiyotini o'qitish ta'lim yo'nalishida o'zgarish bor. Avvalgi yillari 2-fan tarix bo'lgan bo'lsa, endi bu blok chet tili fani bilan almashtirildi. 

P.S. Ta'lim yo'nalishlariga mos fanlar nomi 1-fan (3.1 ball), 2-fan (2.1 ball) tartibida yozildi.