Yangiliklar

img
Wed, 04/20/2022 - 17:00

“O‘zbek tili va adabiyoti” fanidan xalqaro fan olimpiadasi bo'lib o'tadi

2022-yil 19-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetida  “O‘zbek tili va adabiyoti” fanidan xalqaro fan olimpiadasini o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish markazi Iqtidorli yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish boʻlimi boshligʻi F.Yuldashev  va universitet ishchi guruh a’zolari qatnashdi.

Yig‘ilishda  mazkur olimpiadani tashkil etish bo’yicha qator masalalar ko’rib chiqildi. Jumladan, xalqaro olimpiada ishtirokchilarini ro‘yxatga olish va olimpiada jarayonini o‘tkazish uchun ishlab chiqilgan elektron platformaga Xalqaro olimpiada uchun nazorat materiallarini tayyorlash, ishtirok etuvchi davlatlarga olimpiadani tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yetkazish, ularga ro‘yxatdan o‘tishi uchun rasmiy xabar yuborish, ishtirokchilarni platformada ro‘yxatdan o‘tishini ta’minlash rejalashtirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi ham shakllantiriladi.