Yangiliklar

img
Fri, 11/17/2023 - 14:16

Oʻzbek tili ta’limi fakultetining eng faol talabalari aniqlandi

2023-yil 16-noyabr kuni  O‘zbek tili ta’limi fakultetida “Yil talabasi-2023” tanlovining fakultet bosqichi bo‘lib o‘tdi. Fakultetning eng tashabbuskor, ilgʻor, odobi va bilimi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan talabalari shaxsiy ishlanmalari bilan tanlov hay’atini lol qoldirishdi. Tanlovda quyidagi talabalar g‘olib deb topildi:  

  • - “Yilning o‘z mutaxassisli bo‘yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rin Qurbonova Roza, 2-o‘rin Abilxayrova Sevinch.
  • - “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rin  Aralov Nurlibek, 2-o‘rin Nizomova Fotima, 3- o‘rin  Xudoynazarova Gavxarshodbegim.

  

  • - “ Yilning eng faol iqtidorli talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o’rin Anvarova Gulira’no, 2-o’rin Samariddinova Dilnavoz, 3- o‘rin  Xojimatova Gulsimoy.
  • - “Yilning eng faol sportchi talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rin  Odilov Bekzod.
  • - “Yilning eng faol tadbirkor talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rin Shaxobiddinova Shahrizoda.