O‘ZBEK tili kuni keng nishonlandi
O‘zbek tili kuni munosabati bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professor-o‘qituvchilari mamlakatimiz turli tashkilot hamda idoralarida ona tilimizning shonli tarixi, uning jozibasi va nafosati xususida turli davra suhbatlari, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda ishtirok etishmoqda.
Jumladan, O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professori Zulxumor Xolmonova Respublika aerogeodeziya markazida, dotsenti Mo‘minjon Turdibekov O‘zbekiston Mudofaa vazirligida tashkil etilgan muhim tadbirlarda ishtirok etishdi.


Ayni kafedraning katta o‘qituvchisi Davlatyor Jumashev va Ona tili va adabiyot ta'limi fakulteti o‘qituvchisi Iroda Ishonxonovalar Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tashkil etilgan "Globallashuv davrida o‘zbek tili" mavzusidagi tadbirda ma'ruza qildi.

Rohila Abdullayeva Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi shaxsiy tarkibi ishtirokida, harbiy xizmatchilar o‘rtasida Vatanparvarlik, Ona-Vatanga sadoqat tushunchalarini mustahkamlash hamda 21-oktabr – "O‘zbek tili bayrami kuni"ga bag‘ishlab "Davlat tilini sevish, uning rivojlanishiga hissa qo‘shish – barchamizning burchimizdir" mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etdi.

“UzAuto Motors” AJ Toshkent filialida “Qadring baland bo’lsin, ona tilim!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy o‘tkazildi, unda universitetimiz vakili f.f.d. Muhayyo Hakimova qatnashdi.

Folklorshunoslik va dialektologiya kafedrasi dotsenti Abdumurod Tilavov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida ma'ruzachi sifatida qatnashdi.


