Yangiliklar

img
Mon, 10/26/2026 - 13:26

“Özbek tili bayrami kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir ötkazildi

21-oktabr – Özbek tili bayrami kuni munosabati bilan Toşkent şahar arxiv işi hududiy boşqarmasida universitetimiz olimasi f.f.d., professor Manzura Abjalova iştirokida davlat tilining nufuzi va jamiyat hayotidagi örnini yuksaltiriş, rasmiy iş yuritişda adabiy til me’yorlariga rioya etiş hamda xodimlarning nutqiy savodxonligini oşirişga bağişlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir taşkil etildi.

Tadbirda Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti Özbek tilşunosligi kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Manzura Abjalova iştirok etib, “Davlat tilidan samarali foydalaniş — milliy qadriyat va kasbiy mas’uliyat” mavzusida ma’ruza qildi.

Ma’ruzada özbek tilining tarixiy taraqqiyoti, uning milliy özlikni anglaş, madaniy merosni asraş va avlodlar örtasidagi ma’naviy uzviylikni ta’minlaşdagi beqiyos örni haqida fikr yuritildi. Xususan, tilning yaşovçanligi va umrboqiyligi undan jamiyatning barça sohalarida faol, töğri va samarali foydalaniş bilan çambarças boğliq ekani tarixiy dalillar asosida yoritildi. Buyuk mutafakkir Alişer Navoiyning turkiy tilning boy ifoda imkoniyatlarini namoyon etiş yölidagi xizmatlari, özbek adabiy tilining asrlar davomida rivojlanişi hamda yozma manbalarning milliy tilni saqlaşdagi ahamiyati misollar orqali tuşuntirildi.

Tadbirning asosiy qismi davlat tilida rasmiy iş yuritiş madaniyatini takomillaştiriş masalalariga bağişlandi. Jumladan, xizmat yozişmalari, ma’lumotnoma, bildirişnoma, dalolatnoma, bayonnoma va boşqa rasmiy hujjatlarni til me’yorlariga muvofiq rasmiylaştiriş, hujjat matnining aniqligi, mantiqiy izçilligi, ravonligi va uslubiy yaxlitligini ta’minlaş böyiça amaliy tavsiyalar berildi.

Ayniqsa, rasmiy hujjatlar matnida muntazam uçraydigan imloviy, grammatik, leksik va uslubiy xatolar, noörin söz qöllaş, ortiqça takrorlar, boşqa tillardan sözma-söz tarjima qilingan ğaliz jumlalar hamda fikrning noaniq ifodalanişi kabi holatlar aniq matniy misollar asosida tahlil qilindi. Bunday kamçiliklarni bartaraf etiş, rasmiy matnlarni sodda, lönda, tuşunarli va adabiy til talablariga mos şakllantirişning samarali usullari körsatib berildi.

Şuningdek, arxiv hujjatlari millatning tarixiy xotirasi va yozma madaniyatini saqlovçi muhim manba ekaniga alohida urğu berildi. Arxiv tizimida yaratiladigan har bir hujjat nafaqat bugungi boşqaruv va iş yuritiş jarayoniga, balki kelajak avlodlar uçun tarixiy manba sifatida ham xizmat qilişi ta’kidlandi. Şu bois hujjatlarning mazmunan aniq, til jihatidan savodli va me’yoriy talablarga muvofiq rasmiylaştirilişi kasbiy mas’uliyat bilan bir qatorda, davlat tiliga bölgan hurmatning amaliy ifodasi sifatida baholandi.

Ma’ruza davomida zamonaviy elektron luğatlar va Özbek tili multikorpusi (uzcorpora.uz) imkoniyatlaridan foydalaniş masalasiga ham e’tibor qaratildi. Xususan, sözlarning ma’nosi, uslubiy xususiyatlari va qöllaniş kontekstini aniqlaş, rasmiy matnlarda til birliklarini örinli tanlaş, notaniş atamalar semantikasini tekşiriş hamda nutqiy xatolarning oldini olişda raqamli lingvistik resurslarning amaliy ahamiyati tuşuntirildi.

Tadbirda “Tilning umrboqiyligi — undan töğri, faol va ongli foydalanişga boğliq” degan ğoya asosiy mazmuniy yönalişlardan biri sifatida ilgari surildi. Davlat tilining nufuzini oşiriş faqat bayram tadbirlari bilan çeklanmasligi, balki kundalik muloqot, rasmiy yozişmalar, ilm-fan, ta’lim va boşqaruv faoliyatida özbek tilining boy imkoniyatlaridan unumli foydalaniş orqali ta’minlanişi alohida ta’kidlandi.

Samimiy va mazmunli ruhda ötgan tadbir iştirokçilarda davlat tiliga hurmat, rasmiy nutq madaniyatiga mas’uliyat hamda milliy tilimizning boy tarixiy va zamonaviy imkoniyatlariga qiziqişni yanada kuçaytirişga xizmat qildi. Tadbir sönggida Toşkent şahar arxiv işi hududiy boşqarmasi rahbariyati tomonidan mehmonlarga esdalik sovğalari ulaşildi.