Yangiliklar

img
Thu, 11/10/2022 - 15:28

O‘zbek shoir va yozuvchilari uchun ingliz tili

Avval xabar berganimizdek Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan moliyalashtirilgan yirik loyiha g‘olibi bo‘lgan edi. 
 "O‘zbek shoir va yozuvchilari uchun ingliz tili"  deb nomlangan loyihada 10 oy davomida zamondosh o‘zbek adiblariga ingliz tili bepul o‘rgatiladi. Loyihadan ko'zlangan maqsad o‘zbek adiblari o'z asarlarini ingliz tiliga tarjima qilishlari va bu orqali jahonning yirik ijodiy tanlovlarida ishtirok etishlari uchun imkon yaratish, o‘zbek ijodkorlarini xorijlik salaflari bilan yanada yaqinlashtirishdan iborat.
Universitetimizning mahoratli o'qituvchilari tomonidan olib borilayotgan darslarda zamondosh o'zbek ijodkorlari yaxshi natijalar qayd etishmoqda.