Yangiliklar

img
Thu, 01/30/2025 - 11:28

Oʻzbek shevalari va folklorining oʻtmishi va hoziri

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti qoshidagi “O‘zbek shevashunosligi” markazi hamda Folklorshunoslik va dialektologiya kafedrasida “Oʻzbek shevalari va folklorining oʻtmishi va hoziri” mavzusida ilmiy-amaliy seminar boʻlib oʻtdi. Seminarda faxriy ustozlar filologiya fanlari nomzodlari, dialektolog Mashhura Turobova hamda Folklorshunos olima Marhabo Mirzajonovalar oʻz ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Suhbat davomida ikki olima ayolning hayot yo‘li ilmiy faoliyati hamda Oʻz RFA Folklor instituti folklorshunos va dialektolog olimlarining ilmiy faoliyati, tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar. Seminarda Oʻzbek shevashunosligi markazi a’zolari, prof. Z.Xolmonova, katta oʻqituvchi J.Xudoyberdiyevlar ishtirok etib “Oʻzbek shevalari sintaksisi”, “Oʻzbek shevalari frazeologiyasi”ga doir ilmiy tadqiqotlarning bugungi kundagi dolzarbligi, ilmiy ahamiyati haqida toʻxtalib oʻtdilar.
Tadbir davomida faxriy ustozlar oʻzbek shevalari va folklori  ma’lumotlarini toʻplash tajribalari bilan kafedra doktorantlari va magistrlariga tavsiyalar berishdi. Ustozlarning sermazmun ilmiy faoliyati yosh tadqiqotchilarga ibrat maktabi boʻlib xizmat qiladi. Bugungi ilmiy-amaliy seminar ko‘tarinki va fayzli ruhda o‘tib, ishtirokchilarda chuqur taassurot qoldirdi.