Yangiliklar

img
Sun, 05/29/2022 - 11:25

O'zbek filologiyasi fakultetida nazariy-metodologik seminar bo'lib o'tdi

Joriy yilning 27-may kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O'zbek filologiyasi fakultetining Kengash yig'ilishi bo'lib o'tdi. Kengashda fakultet hayotiga doir masalalar ko'rib chiqildi.

Jarayon davomida fakuletning nazariy-metodologik seminari bo'lib o'tdi. Seminarda filologiya fanlari doktori, professor Tolib Ernazarov "Dialektal so'z turlari talqini",

filologiya fanlari doktori, professor Dilnavoz Yusupova "Hasaxo'ja Nisoriyning "Aruz risolasi" mavzularida ma'ruza qildi.

Seminarda fakultet professor-o'qituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar hamda yosh ilmiy tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Mazkur nazariy-metodologik seminarda tinglovchilar tomonidan savollar berildi. Ma'ruzachilar mavzu doirasida har bir savolni ilmiy asoslab, javob berishdi. Qizg'in bahs-munozara tarzida o'tgan seminar yig'ilganlarda katta taassurot qoldirdi.