O'zbek adabiyoti tarixi kafedrasi yutuqlari

Kafedramiz qoshida “O‘zbekiston: til va madaniyat” jurnali faoliyat yuritmoqda.
Kafedramizda 2023-2024-o‘quv yili davomida Sh. Amonov, G.Ashurova filologiya fanlari doktori, F.To‘xtamurodov filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori darajalariga ega bo‘lishdi.Xalqaro ilmiy faoliyat: 
Kafedra professor-o‘qituvchilari Xitoy Shinjong universiteti, Qozog‘istonning Ahmad Yassaviy universiteti, Janubiy Koreya Seul Yevroosiyo universiteti, Turkiya Egey universiteti, Mongoliya  FA Til va adabiyot instituti, Ozarbayjon FA Adabiyot instituti, Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi bilan ilmiy tadqiqot va o‘quv-uslubiy sohalarda hamkorlik qilib kelmoqda.  
Kafedra ustozlari N.Jabborov Bokuda, Turkiyaning Anqara universitetida konferensiyada, D.Yusupova, K.Mullaxo‘jayeva Turkiyaning Egey universitetidagi konferensiyada, Qozog‘istonning Ahmad Yassaviy universitetida, D.Yusupova Vengriyaning Oriyental Studies instituti, Eotvos Lorand  universitetida, N.Jabborov, G.Ashurova  Hirot shahrida ilmiy safarda bo‘ldilar.

Kafedra professor-o‘qituvchilari respublika va xalqaro miqyosdagi quyidagi yutuqlarni qo‘lga kiritgan:
Kafedra mudiri N.Jabborov  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2023-yil  26-avgust kuni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi.

G.Ashurova 2023-yilda Qozog‘istonning “Ahmad Yassaviy” medali  bilan taqdirlandi.

Kagedramizda 2023-2024-o‘quv yilida Ozoda Tojiboyeva, Orzigul Hamtroyeva, Soxiba Madirimova dotsent, Qo‘ldosh Pardayev professor unvonini oldi. 
Professor Nurboy Jabborovning shogirdi Aziza Shokirova “Ibrat Frzandlari” loyihasida “Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi” nominatsiyasi sohibasi bo‘ldi.

Gulbahor Ashurova 2023-yilda  Sh.Sirojiddinovning "Amir Alisher" monografiyasini Ozarbayjon tiliga tarjima qildi.