Yangiliklar

img
Mon, 10/23/2023 - 19:56

Ozarbayjon she'riyati kunlari

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi hamda Fuzuliy nomidagi ilmiy tadqiqot  markazi hamkorlikda joriy yilning 23-oktabr kuni  Ozarbayjon Xalq shoiri Vohid Azizning  ijodiy kechasi o'tkazildi. Tadbirda Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon  Madaniyat  Markazi  direktori  Samir   Abbasov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining bo‘lim boshlig‘i, shoira Farog‘at Xudoyqulova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining Til masalalari bo‘yicha maslahatchisi  Salim Ashur va ko'plab filolog olimlar, ijodkor talabalar ishtirok etishdi. 

 

Tadbirda  "Fuzuliy dilbandlari" to'garagi a'zolari tomonidan benazir she'rlardan iborat badiiy kompozitsiya namoyish etildi. So'z olganlar Tariximiz zarvaraqlari o‘zbek va ozarbayjon xalqlarini tili, an’ana va urf-odatlari bir-biriga nechog‘li yaqin ekanligidan guvohlik beradi. Bugun esa ikki mamlakat jamiyati bu madaniy rishtalarni umumiy qadriyatlar sifatida qadrlab, ularni mustahkamlab kelinayotganini qayd etdilar.