Yangiliklar

img
Sat, 04/23/2022 - 18:43

"Orzular sari olg'a!" mavzusidagi vebinar

Joriy yilning 23-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi, GrantGo.uz loyihasi muharriri, Prezident stipendiyasi sovrindori Mohiyaxon Uzoqova tomonidan "Orzular sari olg'a!" mavzusidagi vebinar o’tkazildi.

Vebinarda talabalarga hujjatlarni qanday tayyorlash, almashinuv dasturi asosida 2-10 oy davomida xorijda o'qib kelish, magistratura bosqichini chet elda o‘qish kabi zaruriy boshlang’ich tushunchalar berildi.

Mohiyaxon Uzoqova  ishni nimadan va qay tartibda boshlash, IELTS  yoki boshqa chet tillar sertifikatlari zarur bo'lgan xorijiy universitet loyihalari haqida batafsil ma’lumotlar berdi.

Vebinar davomida talabalar  o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.