Yangiliklar

img
Tue, 10/24/2023 - 14:27

O'qituvchilar uchun mahorat darsi

Toshkent shahar Uchtepa tumani 229-sonli maktabda Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan 23-oktabr kuni yangilangan ona tili darsliklarining oʻqitilishi boʻyicha seminar-trening boʻlib oʻtdi. Seminar-treningni yangi ona tili darsliklari muallifi, filologiya boʻyicha falsafa fanlari doktori, ToshDOʻTAU Ona tili ta'limi kafedrasi dotsenti Klaraxon Mavlonova olib bordi.
Seminarda maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari hamda 6-7-10-sinf oʻquvchilari ishtirok etdi. Trening yakunida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.