Yangiliklar

img
Wed, 12/22/2021 - 17:02

Oʻqituvchi va xodimlar jamoalari oʻrtasida mini futbol o'tkazildi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida professor-oʻqituvchi va xodimlar jamoalari oʻrtasida  mini futbol boʻyicha universitet birinchiligi oʻtkazildi. Ushbu mini futbolda bir necha jamoalar ishtirok etdi. Oʻyinga ma'naviy ishlar bo'limi boshlig'i  A.Ikromov hamda trener Roziya Alimboyeva hakamlik qildi.   Jamoalar oʻrtasidagi  oʻyin juda qizgʻin ruhda kechdi.
 1-oʻrinni Oʻzbek filologiyasi fakulteti jamoasi, 2-oʻrinni Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti jamoasi, 3-oʻrinni tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti jamoasi va 4-oʻrinni buxgalteriya jamoasi qoʻlga kiritdi. Gʻolib boʻlgan jamoalarga sertifikat va qimmatli sovgʻalarni yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar prorektori B. Xoliqov  topshirdi.