Yangiliklar

img
Wed, 10/22/2025 - 13:42

Ona tilimiz – milliy gʻururimiz va iftixorimiz

21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan poytaxtimizdagi “Oʻzbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Unda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan xalqimizga yoʻllagan bayram tabrigi oʻqib eshittirildi. Mazkur tabrikni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Komunikatsiyalar departamenti rahbari – Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov soʻzlab berdi.

Bayram tadbirida davlat tili nufuzi va obroʻsini yuksaltirish, uni jamiyat hayotining barcha sohalarida keng qoʻllash, yosh avlodda ona tiliga muhabbat va sadoqatni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar yuksak baholandi.

Ushbu bayram tadbirida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti jamoasi a’zolari ham faol ishtirok etdilar. Ona tilimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan universitet vakillari orasidan bir qator fidoyi olimlar davlat mukofotlariga sazovor boʻldilar. Xususan, universitet huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi direktori, filologiya fanlari doktori, professor Inomjon AzimovMa’naviyat fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. Shuningdek, pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi rahbari, filologiya fanlari doktori, professor Zulxumor Mirzayeva hamda Kompyuter lingvistikasi va raqamli texnologiyalar kafedrasi dotsenti Iroda AzimovaOliy ta’lim a’lochisi” koʻkrak nishoniga loyiq topildilar.

  

Tadbir davomida universitetda tashkil etilgan “Oʻzbek maktabi” markazining samarali faoliyati, xorijlik talabalar orasida ona tilimizni oʻrgatish va o‘zbek madaniyatini targʻib qilish borasidagi tajribalari ham iliq soʻzlar bilan tilga olindi.