Yangiliklar

img
Wed, 10/18/2023 - 17:25

Ona tilim, sen ruhimning qanotisan!

Oʻzbek tili kuni munosabati bilan oʻtkqzilayotgan tadbirlar davom etmoqda. Xususan, 18-oktabr kuni O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi munosabati bilan  Ona tili va adabiyot ta’limi fakultetining 1-kurs talabalari tomonidan  “Ona tilim, sen ruhimning qanotisan” shiori ostida tadbir tashkillashtirildi. Tadbir jarayonida O'zbekiston Milliy tiklanish partiyasi Toshkent shahar kengashi vakillari ham ishtirok etdilar. Mehmonlar o'zbek tilining tarixi, buguni va ertasi haqida o'z fikrlarini bildirdilar. Tadbir davomida iqtidorli talabalar tomonidan ijro etilgan she’r va raqslar mehmonlar tomonidan iliq kutib olindi. Tadbir so'ngida faol ishtirokchilar esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.