Ona tilim — millatim faxri
Joriy yilning 21-oktabr kuni Özbek tili bayrami munosabati bilan ona tilimizning nufuzini yuksaltiriş, yoşlar qalbida milliy qadriyatlarga hurmat tuyğusini mustahkamlaş hamda özbek tilining boy imkoniyatlarini keng tarğib etişga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir taşkil etildi.
Tadbirda Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti vakillari — filologiya fanlari nomzodi, dotsent A. Tilavov hamda filologiya fanlari doktori, professor Bahodir Karim iştirok etdilar. Ular ona tilimizning boy imkoniyatlari, özbek adabiyotining bebaho merosi va til madaniyatini rivojlantirişning dolzarb masalalariga töxtalib, milliy tilimizni asraş va uning nufuzini oşiriş muhimligini ta’kidladilar.
Tadbir davomida talabalar tomonidan ona tilimizni madh etuvçi şe’rlar ifodali öqildi. Badiiy çiqişlar iştirokçilarda ona tiliga mehr va ehtirom tuyğularini yanada mustahkamlab, tadbirga özgaça ruh bağişladi.

Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir ona tilimizning milliy özlik, ma’naviyat va madaniyatimizni saqlaşdagi beqiyos örnini yana bir bor namoyon etdi. Şuningdek, yoş avlodda özbek tiliga hurmat, uning boy imkoniyatlaridan töğri foydalaniş va til ravnaqiga hissa qöşiş mas’uliyatini oşirişga xizmat qildi.


