Yangiliklar

img
Thu, 10/19/2023 - 18:41

Ona tilim – iftixorim mening

18-oktabr kuni Masofaviy ta’lim markazi Sirtqi ta’lim talabalari bilan “Ona tilim – iftixorim mening” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Masofaviy ta’lim kafedrasi dekani N.Chiniqulov,   universitet professori N.Jabborov va yozuvchilar uyushmasi a’zolari shoir Mansur Jumayev, shoir Muhammadali G‘afforov va  Masofaviy ta’lim kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar. Professor N.Jabborovning o‘zbek tilining tarixi, buguni va ertasiga bag‘ishlangan ma’ruzasi va shoir Mansur Jumayev, shoir Muhammadali G‘afforovning o‘zbek tilini tarannum etgan she’rlari talabalarda iliq taassurot qoldirdi. Tadbir davomida talabalar tomonidan aytilgan g‘azallar orqali benazir turkiy til durdonalariga nazar tashlandi. Talabalarning o‘z qalamiga mansub, o‘zbek tiliga muhabbat tuyg‘usi ufurib turgan she’rlar barcha tadbir ishtirokchilariga manzur bo‘ldi.