Yangiliklar

img
Mon, 10/24/2022 - 18:23

Ona tilim – g‘ururim, faxrim

Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 33 yilligi munosabati bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ona tili va adabiyot ta’limi fakulteti kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar uchun tashkil etilgan “Ona tilim – g‘ururim, faxrim” nomli ma’naviy-badiiy kecha oʻtkazildi. Tadbirga O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo va san’at ahllari tashrif buyurdilar. Tadbirni Ona tili va adabiyot  ta’limi kafedrasi mudiri Gulnoza Jo‘rayeva ochib berdi. Shuningdek fakultetning o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rin bosari Akbar Ro‘ziyev so‘zga chiqdi. Tadbir doirasida tashkil etilgan “Til – millat ko‘zgusi” insholar tanlovi g‘oliblari munosib taqdirlandi. Ona tilimizni sharaflovchi turli she’rlar, goʻzal raqslar, sahna koʻrinishlari bilan bir qatorda koʻngilochar dasturlar namoyish etildi.