Yangiliklar

img
Thu, 08/04/2022 - 15:17

Ona tili ta'limi - barcha uchun

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat  o‘zbek  tili va adabiyoti universiteti aholining barcha qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, aholining savodxonlik darajasini oshirish bo‘yicha aniq mexanizm asosida faoliyat olib boradi.  

BMTning barqaror rivojlanish (SDG)  bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlarimiz xalqaro hamjamiyat tomonidan ham yuqori baholanmoqda.  Bu esa bizga bildirilayotgan ishonch va mas'uliyat demakdir.  Ayniqsa,  nogironligi bo‘lgan shaxslar,  imkoniyati cheklangan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha oldimizda qator vazifalar turibdi. 


Yaqindagina universitetimizga "O‘zbekiston karlar jamiyati" blogi asoschisi Ma'mur Axlidinov mutojaat qildi.  U eshitishda nuqsoni bo‘lgan kishilar uchun o‘zbek tili kurslarini ochish tashabbusini bildirdi.

Tabiiyki,  universitetimiz rahbariyati bunday ezgu tashabbuslarni hamisha qo‘llab-quvvatlaydi.  Katta shijoat bilan ezgu ishlarni boshlagan g‘oya muallifiga universitet tomonidan mashg‘ulotlar uchun barcha qulayliklarga ega auditoriya va o‘quv jarayoniga kerakli jihozlar taqdim etildi.  Albatta,  bu jarayonda ToshDO‘TAU jamoasi o‘zining xayrixohligini ko‘rsatdi.  

Ushbu ezgu tashabbus yanada kengayib,  onlayn tarzda ham poytaxtdan uzoqda bo‘lgan imkoniyati cheklangan shaxslarga ilm olish imkonini yaratish rejalashtirilmoqda.