Yangiliklar

img
Wed, 11/15/2023 - 18:56

"Ommaviy diktant" loyihasi davom etmoqda

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining "Yoshlar qanoti” tashabbusi bilan Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi bilan hamkorlikda "Ommaviy diktant" loyihasini boshlagan edi. Loyihaning navbatdagisi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida o'tkazildi. 
Loyihada universitetning 150 ga yaqin talabalari ishtirok etiib, Nizom talablari asosida o'zlarining savodxonlik darajasini ko'rsatishdi.

Loyiha Nizomiga muvofiq bundan ko'zlangan maqsad aholining o‘zbek tilini bilish darajasini o‘rganish, nutq madaniyati bilan bog‘liq salbiy taʼsirlarga qarshi kurashish, o‘zbek yozuviga asoslangan lotin alifbosiga oid islohotlarni jadallashtirish va bu borada boshqaruv organlari hamda jamoatchilik vakillari masʼuliyatini oshirishdir.

O'zaro kelishuvga asosan Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi bilan hamkorlikda muntazam ravishda respublika miqyosida korxona, tashkilot, muassasalarda “Ommaviy diktant” loyihasi o‘tkaziladi.

Mazkur loyiha globallushuv jarayonida tobora ko‘p tilli bo‘lib borayotgan o‘zbek jamiyatining davlat tiliga hurmat va eʼtiborini kuchaytirish uchun ham zarur.

 

Tadbirda Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi mutaxassislari talabalardan “Murabbiy bo'lishning shartlari” mavzusida diktant oldilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra o‘n nafar talaba va kursantlar g‘olib deb topilib (1-o‘rin 2 nafar, 2-o‘rin 3 nafar, 3-o‘rin 5 nafar), Milliy taklanish demokratik partiyasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.