Yangiliklar

img
Thu, 12/01/2022 - 12:27

Oliy ta’lim muassasasi va mahallalar o‘rtasida hamkorlik

Ma’lumki, noyabr dekabr oylari davomida universitetimiz professor-o‘qituvchilari, universitet xotin qizlar qo‘mitasi tomonidan Toshkent shahar mahallalarida xotin-qizlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarini o‘tkazish, ularni qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar faolligini oshirishga bag‘ishlangan doimiy tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.
2022-yil 29-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi, universitet xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Toshkent shahar Chilonzor va Uchtepa tumanlari “Gavhar”, “Qatortol”, “Botirma” va “Bo‘rijar” mahallalari faollari hamkorligida xuddi shunday  tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Ijtimoiy-gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari fakulteti, Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri Ilhom Aslonov, kafedra katta o‘qituvchisi Anvar Buranov, kafedra dotsenti Vahob Sattorov shuningdek, universitet xotin-qizlari masallari bo‘yicha rektor maslahatchisi Gulnoza Jo‘rayeva, O'zbek filologiyasi fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi Madina Muhammadiyeva, O'zbek tili ta'limi fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi Nargiza Ochilovalar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. 


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi hamda Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmasi bilan hamkorlikda tayyorlangan diniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borish, oilalarda huquqbuzarlik holatlarini oldini olish yuzasidan elektron materiallar mahalla faollariga kelgusi faoliyatlarini tashkil etish uchun taqdim etildi.
Mahalla faollari o‘zlarini qiziqtirgan juda ko‘plab savollariga javob olishdi va kelgusi hamkorlik rejalari kelishib olindi.